AI yordamida referat yozish

Mavzuni va kerakli hajmni kiriting — EduCraft rejaga asoslangan, kirish, asosiy boblar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati bor referatni Word (DOCX) va PDF fayl qilib beradi.

Saytda boshlashTelegram botda ochish

Qanday ishlaydi — 3 qadam

  1. Mavzu va hajmni yozing

    Referat mavzusini, bet sonini, tilni hamda titul varagʻi uchun ism-familiya, fan va oʻqituvchi maʼlumotlarini kiriting.

  2. Tekshiring va tasdiqlang

    Tasdiqlashdan oldin narx koʻrsatiladi. Xohlasangiz, ichiga AI rasmlar qoʻshishni ham tanlaysiz — ularning narxi alohida yoziladi.

  3. Faylni oling

    Referat yozilgach, DOCX va PDF fayllar saytda paydo boʻladi. Hisobingiz Telegram bilan bogʻlangan boʻlsa, ular botga ham yuboriladi.

Narxlar

Narxlar soʻmda koʻrsatilgan va balansdan yechiladi. Balansni Click, Payme, Uzum yoki bank kartasi orqali toʻldirasiz. Ish tayyorlanmay qolsa, pul balansga qaytariladi.

Referat qanday tuziladi

Avval mavzu boʻyicha reja tuziladi, soʻngra har bir boʻlim alohida yoziladi. Shu tufayli matn bir xil gaplarni takrorlamaydi va soʻralgan hajmga yaqin chiqadi. Oxirida xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati qoʻshiladi. Titul varagʻi siz kiritgan maʼlumotlar bilan toʻldiriladi.

Word fayli tahrirlanadigan boʻlgani uchun oʻqituvchingiz talab qilgan shrift, interval yoki chegaralarni bemalol oʻzgartirasiz. PDF esa chop etish yoki yuborish uchun tayyor nusxa.

Matndan qanday foydalanish kerak

AI yozgan referat — bu tayyor qoralama va tayanch material. Uni oʻqib chiqing, oʻzingiz bilgan misollar va mahalliy maʼlumotlar bilan boyiting, raqam va sanalarni tekshiring. Shunda ish sizniki boʻladi va himoyada savollarga bemalol javob berasiz.

Kerak boʻlsa, xuddi shu mavzuda taqdimot yoki test ham yasab olish mumkin — bular alohida xizmatlar, oʻz narxi bilan. Ichiga qoʻshiladigan AI rasmlarning birinchi 5 tasi bepul.

Koʻp beriladigan savollar

Referat qaysi tillarda yoziladi?

Oʻzbek (lotin va kirill), rus, ingliz va boshqa tillarda. Tilni buyurtma paytida tanlaysiz.

Qancha vaqt ketadi?

Odatda bir necha daqiqa. Hajm katta boʻlsa, biroz koʻproq vaqt ketadi.

Faylni tahrirlay olamanmi?

Ha, DOCX faylni Word, WPS Office yoki Google Docs’da ochib, istalgan joyini oʻzgartirasiz.

Adabiyotlar roʻyxati boʻladimi?

Ha, referat oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati beriladi. Topshirishdan oldin manbalarni oʻzingiz tekshirib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Pul qachon yechiladi?

Narxni koʻrib tasdiqlaganingizdan keyin. Agar referat tayyorlanmay qolsa, pul balansga qaytariladi.

Telegram boʻlmasa ham ishlaydimi?

Ha, saytga Google yoki Telegram orqali kirib, buyurtmani shu yerda berasiz.

Referat qanday tuzilishda boʻladi?

Titul varagʻi, reja, kirish, asosiy qismning bir necha boʻlimi, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar. Boʻlimlar soni va hajmi siz tanlagan bet soniga qarab belgilanadi, matn esa mavzuga mos ilmiy-ommabop uslubda yoziladi.

Boshqa xizmatlar